Middle Backend Dasturiy Muhandis (Python Django)

  • Dushanba - Juma
  • 09:00 - 18:00
  • Kelishiladi
  • Toshkent, O‘zbekiston

Job Description

ShahNur Software jamoasiga qo‘shilib, innovatsion loyihalar rivojiga hissa qo‘shishga tayyor bo‘lsangiz, rezyumeingizni yuboring!

Requirements

  • Kamida 2,5 yillik Python va Django tajribasi;
  • Mikroxizmatli yechimlarni ishlab chiqish va ularni sun’iy intellekt modellariga integratsiya qilish;
  • Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash va SQL so‘rovlarini yozish tajribasi;
  • Texnik hujjat va bajarilgan ish bo‘yicha hisobotlar tayyorlash ko‘nikmalari;
  • Python 3, Django, Django Rest Framework, Celery, PostgreSQL, JavaScript bilan ishlash bo‘yicha bilim va tajriba;
  • Kamida 3 ta real loyiha portfelining mavjudligi;
  • Git versiyalarni boshqarish tizimi bilan ishlash tajribasi;
  • Docker bilan ishlash ko‘nikmalari.

Benefits

  • Korporativ ta’lim va treninglar;
  • Professional jamoa bilan qiziqarli loyihalarda ishlash;
  • Do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa muhiti, muntazam jamoaviy tadbirlar va teambuilding (marafonlar, viktorinalar);
  • Zamonaviy va yuqori sifatli ish uskunalari bilan ta’minlash;
  • Mehnatga o‘z vaqtida haq to‘lash va bonus tizimi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq ishga qabul qilish.